Londonning «Arsenal» klubi «RB Leypsig» vingeri Yan Diomandeni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Yaqinda «kanopchilar» vakillari 19 yoshli futbolchining agentlari bilan bog‘lanib, boshqa grand klublarning jiddiy qiziqishini hisobga olgan holda, ivuarlik futbolchini jalb qilish imkoniyati qanchalik yuqori ekanini aniqlashtirishdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, londonliklar vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida bir necha bor qo‘ng‘iroq qilishgan.
Yan Diomande uchun da’vogarlar qatorida «PSJ», «Liverpul» va Madridning «Real» klublari tilga olinmoqda. Transfermarkt portali vunderkindning narxini 90 million yevroga baholamoqda, biroq «RB Leypsig» o‘z yulduzini saqlab qolmoqchi va mish-mishlarga ko‘ra, 120 million yevrodan ortiq mablag‘ talab qilmoqda.













