Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Morgan: «Chelsi»ning transferi — absurd, bu pulga Xvicha yoki Vinisiusni sotib olgan ma’qul»

Morgan: «Chelsi»ning transferi — absurd, bu pulga Xvicha yoki Vinisiusni sotib olgan ma’qul»

Baho:
+ | -1

Taniqli britaniyalik jurnalist Pirs Morgan Angliya terma jamoasi va Birmingemning «Aston Villa» klubi yarim himoyachisi Morgan Rojersning Londonning «Chelsi» klubiga ehtimoliy o‘tishi haqidagi xabarga izoh berdi.

«Bu absurd narx. Bu summa evaziga men Xvicha yoki Vinisiusni sotib olgan bo‘lardim», — deyiladi jurnalistning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.

Avvalroq Britaniya matbuotida «aristokratlar» Rojers uchun 117 million funt sterling (~138 mln yevro) to‘lashi haqida xabar berilgan edi.

Angliya Premyer-ligasining yakunlangan mavsumida 23 yoshli vinger 37 ta o‘yinda maydonga tushdi. Morgan o‘z hisobiga o‘nta gol va oltita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 11:38, 19.07.2026.
O'qildi: 1359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик