Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum 2026 yilgi jahon chempionati finaliga tashrif buyuradi. U AQSHga mamlakat mudofaa vazirligiga qarashli samolyotda jo‘nab ketdi.
Davlat rahbarini bunday qadamga qo‘l urishga ob-havo sharoiti tufayli aviareyslarning bekor qilinishi majbur qildi. AQSHda o‘rmon yong‘inlari avj olgan va shaharlarni tutun qoplagan.
«Ob-havo sharoiti va aviareyslarning bekor qilinishi sababli, prezident Klaudiya Sheynbaum bugun kechqurun prezident Trampning taklifiga binoan JCH-2026 finalida ishtirok etish uchun mudofaa vazirligining samolyotida Nyu-Yorkka jo‘nab ketdi», — deya xabar berdi Meksika hukumati X ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Meksika AQSH va Kanada bilan bir qatorda mundialga mezbonlik qiluvchi uchta davlatdan biri hisoblanadi.
Avvalroq FIFA tutun tufayli finalni bekor qilish ehtimoli yuzasidan Oq uy vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi haqida xabar berilgan edi, biroq hozircha bu borada hech qanday yangilik yo‘q.













