Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

«Chelsi» himoyachisi «Nyukasl»ga o‘tishi mumkin

«Chelsi» himoyachisi «Nyukasl»ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Himoyachi Benua Badyashil shu yozda «Chelsi»ni tark etishi mumkin.

Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, fransuz londonliklarning yangi mavsum uchun rejalariga kirmaydi. Futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Nyukasl» qiziqish bildirmoqda. Yaqin vaqt ichida «haydarchilar» futbolchining transferi bo‘yicha taklif berishga tayyor.

Benua Badyashil 2023 yilda «Monako»dan 38 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «ko‘klar» safida barcha turnirlarda 16 ta o‘yin o‘tkazdi va samarali harakatlar bilan ajralib turmadi. Transfermarkt portali fransuzning qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:29, 19.07.2026.
O'qildi: 777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик