Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Rabyo: «Deshamni yaxshi kayfiyatda kuzatib qo‘ymoqchi edik»

Rabyo: «Deshamni yaxshi kayfiyatda kuzatib qo‘ymoqchi edik»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adriyen Rabyo JCH-2026 turnirining 3-o‘rini uchun Angliyaga qarshi kechgan bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Fransuzlar birinchi bo‘limdan so‘ng 0:4 hisobida mag‘lub bo‘layotib, yakunda inglizlarga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bu uchrashuv bosh murabbiy Didye Desham boshchiligidagi Fransiya terma jamoasining oxirgi o‘yini bo‘ldi.

«Biz birinchi bo‘limni shunchaki sharmandali tarzda boshladik. Men ayrim futbolchilarda bunday darajadagi o‘yinlarda ilgari hech qachon duch kelmagan munosabatni ko‘rdim.

Bu juda alamli, chunki bizda turnirda o‘zimizni munosib ko‘rsatish uchun so‘nggi imkoniyat bor edi. Shu bilan birga, erishgan yutuqlarimizni ham unutmaslik kerak. Albatta, yarim finalda Ispaniyadan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin alamli edi, lekin biz ishni oxiriga yetkazishimiz kerak edi va bunchalik bo‘shashishga haqqimiz yo‘q edi. Tanaffusda fikrlarimizni bir joyga jamlab, gaplashib oldik va xarakter ko‘rsatishga — nimalarga qodirligimizni isbotlashga qaror qildik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushdi, ammo birinchi bo‘limda ba’zi futbolchilarning ishga bo‘lgan munosabatiga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmasdi.

Bugun murabbiy va uning shtabiga rahmat aytish kerak. Ular ulkan hajmdagi ishlarni amalga oshirishdi va shuncha futbolchi bilan jamoani yana cho‘qqiga qaytarishdi. Eng muhimi mana shu. Biz murabbiy chiroyli tarzda ketishi uchun musobaqani g‘alaba bilan yakunlamoqchi edik, lekin bu holat uning fransuzlar va butun sport jamoatchiligi ko‘zidagi obro‘siga putur yetkazadi deb o‘ylamayman», — dedi Rabyo o‘yindan so‘ng.

Kiritildi: 14:51, 19.07.2026.
O'qildi: 370 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик