Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni JCH-2026 turnirining 3-o‘rini uchun Angliyaga qarshi kechgan bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Didye Desham jamoasi birinchi bo‘lim yakuniga ko‘ra 0:4 hisobida mag‘lub bo‘layotib, yakunda inglizlarga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
«Albatta, butun jamoa bo‘lib juda uyaldik. O‘z darajamizda o‘ynamaganimiz, ko‘rsatishimiz kerak bo‘lgan o‘yinni namoyish eta olmaganimiz kundek ravshan. Hisob bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin edi, ammo hamma o‘zini to‘g‘ri sozlay oldi.
Tanaffusda murabbiy ajoyib nutq so‘zladi va bu barchaga o‘yinning ikkinchi bo‘limiga bor e’tiborini qaratishga yordam berdi. Yakunda ikkinchi bo‘lim yaxshiroq o‘tdi», — dedi Tchuameni.













