Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Rays: «Angliyada uzoq vaqtdan beri eng yaxshi jamoa shakllandi»

Rays: «Angliyada uzoq vaqtdan beri eng yaxshi jamoa shakllandi»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays milliy jamoaning JCH-2026 dagi o‘yiniga baho berdi.

«Bu Angliyaning juda uzoq vaqtdan beri eng yaxshi jamoasi. Bu fakt. Buni hech kim bizdan tortib ololmaydi. Menimcha, jamoa sifatida o‘zimiz bilan faxrlansak bo‘ladi – garchi o‘sha yarim finalda [Argentina bilan 1:2] mag‘lub bo‘lganimiz juda alamli bo‘lsa-da.

Yarim final va chorak finalga chiqqanimizdan faxrlanishimizni aytishdan charchadik – yakunda biz Angliya terma jamoasi bilan g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Ammo ushbu turnirda uchinchi o‘rinni egallash – bu haqiqiy yutuq. To‘g‘risini aytsam, biz maqsadga juda yaqinmiz.

So‘nggi yillarda jamoamizning turnirlardan qanday chiqib ketayotgani haqida ko‘p gapirildi: yarim finallar, chorak finallar, finallar... Menimcha, biz oldinga intilishda davom etishimiz kerak. Muvaffaqiyat haqiqatan ham yaqin deb hisoblayman. Hammasini mayda detallar hal qiladi. Bu futbol: o‘sha o‘yinda aynan nyuanslar va jarima maydonchasi ichidagi o‘yin tufayli imkoniyatni boy berdik», – dedi Rays.

Kiritildi: 15:31, 19.07.2026.
O'qildi: 421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик