«Shaxtyor» Chempionlar ligasi doirasidagi uy o‘yinlarini Londonda o‘tkazish bo‘yicha «Chelsi», «Fulxem» va «Brentford» klublari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Ukraina klubi 2026/27 yilgi mavsum turnirining umumiy bosqichiga chiqdi va uy uchrashuvlari uchun stadion izlamoqda. The Athletic nashri xabariga ko‘ra, «Shaxtyor» allaqachon ushbu uchta ingliz klubi bilan bog‘langan va Londonga ko‘chib o‘tish varianti jiddiy ko‘rib chiqilmoqda.
«Chelsi», «Fulxem» va «Brentford» yangi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etmaydi, shu bois ularning stadionlari Chempionlar ligasi o‘yinlari kunlarida bo‘sh bo‘ladi. Tanlangan klub «Shaxtyor»dan arenani ijaraga olganlik uchun to‘lov oladi.
So‘nggi mavsumlarda «Shaxtyor» yevrokuboklardagi uy o‘yinlarini Polsha, Germaniya va Sloveniyada o‘tkazgan edi.













