Braziliyalik 46 yoshli sobiq qanot hujumchisi Ronaldinyo JCH-2026 da Argentina terma jamoasi ko‘rsatayotgan o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Mana shunday Argentina — men tomosha qilishni yaxshi ko‘radigan futbol va o‘yinchilar har bir bahsda namoyish etayotgan fidoyilikdir.
Argentina doimo shunday bo‘lgan, shunday emasmi? Bu sof kurash, sof yurak. Ularning shunday obro‘si bor va yana aynan shu yo‘l bilan mana shu bosqichga yetib kelishdi. Va u yerda Messi bor, shunday emasmi, do‘stim? U jamoa muammolarini hal qila oladi.
Jamoada kamtarlik bor. Barcha uning uchun yuguradi, unga qachon to‘pni uzatishni biladi va uning o‘yin taqdirini o‘zgartira olishini, o‘yinni hal qilib berishini tushunadi. Shu sababli, o‘ylaymanki, ulardagi bu birdamlikni kuzatish juda yoqimli», — dedi Ronaldinyo.
Bugun, 19 iyul kuni Ispaniya JCH-2026 finalida Argentinaga qarshi maydonga tushadi.













