«Barselona» va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Nolito Argentina milliy terma jamoasi hujumchisi Lionel Messini qanday qilib to‘xtatish mumkinligi haqida hazillashdi. Bugun «Qizil furiya» Jahon chempionati — 2026 finalida «albiseleste» bilan kuch sinashadi. O‘yin «Metlayf» stadionida (Ist-Raterford, AQSH) bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda sloveniyalik Slavko Vinchich bosh hakamlik qiladi.
«Har qanday hurmatni saqlagan holda aytaman, uni umuman qanday to‘xtatish mumkin? Faqatgina ta’siri bir necha soat davom etadigan ikkita uxlatuvchi o‘q (drotik) bilan. Biri chap oyog‘iga, ikkinchisi o‘ng oyog‘iga. Bu yagona chora. Messini to‘xtatish juda qiyin. Buning deyarli iloji yo‘q, chunki unda kuchli jihatlar juda ko‘p.
To‘g‘risini aytsam, Messining o‘yinini tomosha qilish barcha tomoshabinlar uchun haqiqiy zavqdir va biz bundan imkon boricha bahramand bo‘lishimiz kerak. Umid qilamanki, u hali uzoq vaqt o‘ynaydi», — deya Nolitoning so‘zlarini Tribal Football keltirmoqda.













