Prezident Luis Inasiu Lula da Silva boshchiligidagi Braziliya hukumati BMT va FIFAga shikoyat yo‘lladi. Bunga 2026 yilgi jahon chempionati davomida qayd etilgan irqchilik va nafrat tili ko‘rinishlari sabab bo‘lgan, deb xabar beradi Globo.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, monitoring davomida internetdagi 6 milliondan ortiq maqola va postlar tahlil qilingan. Ularning qariyb 89 mingtasida haqoratli mazmun mavjud bo‘lib, bunday xabarlarning 11 foizi irqiy xususiyatga ega bo‘lgan.
Braziliya tomoni qoidabuzarliklarning oldini olish, tekshirish va jazolashga qaratilgan choralar ko‘rilishini, shuningdek, turnir davomidagi shu kabi voqealar bilan bog‘liq zararni qoplashni talab qilmoqda.













