AQSHda futbol bo‘yicha jahon chempionatining final uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Stadion tablosida birinchi taymdan keyin 0:0 hisobi yonib turibdi.
Birinchi taymda o‘yin juda ehtiyotkor ko‘rinish oldi. Ispanlar to‘pga ko‘proq egalik qilishdi, biroq argentinaliklar himoyada aniq va kompakt tarzida harakat qilishdi. «Qizil furiya» uchrashuv boshida o‘yinni keskinlashtirdi — Lamin Yamal darvoza qarshisiga chiqib zarba berdi, ammo rikoshetdan so‘ng darvozabon to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Tanaffusga yaqin esa Mikel Oyarsabal va Mark Kukurelya o‘rta masofadan zarba berishdi. Birinchi holatda golkiper o‘z vazifasini uddaladi, ikkinchisida esa to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi.
Birinchi taymda Ispaniya darvozaga 3 ta zarba berdi (2 tasi aniq), Argentina esa birorta ham zarba bera olmadi!













