Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCH-2026 da eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘ldi. Turnirni to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan fransuzlar sardori 8 ta o‘yinda 10 ta gol kiritdi.
Mbappe qatorasiga ikkinchi marotaba jahon chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi. U 2022 yilgi mundialda ham 7 ta o‘yinda 8 bor o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan edi.
JCH-2026 turnirida gollar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni 8 ta gol urgan Lionel Messi egalladi. Shunga o‘xshab, Jud Bellingem (Angliya) va Erling Xoland (Norvegiya) hisobida 7 tadan gol mavjud.













