Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Luis de la Fuente jahon chempionati finali oldidan va o‘yin davomida futbolchilariga nima deganini oshkor qildi

Luis de la Fuente jahon chempionati finali oldidan va o‘yin davomida futbolchilariga nima deganini oshkor qildi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026 yilgi jahon chempionati finali oldidan hamda o‘yin davomida futbolchilari bilan bo‘lgan suhbat tafsilotlari haqida gapirdi.

Ispaniya finalda Argentinani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.

«Men ularga shunday dedim: “Janoblar, biz tarix bilan uchrashuv ostonasidamiz va unda birinchi bo‘lishimiz shart!”

O‘yindan keyin bir qator futbolchilar jamoaning keyingi maqsadlari haqida so‘rashdi. Men esa sentyabr oyida navbatdagi uchrashuvlar kutayotganini aytdim. Hali qo‘lga kiritishimiz kerak bo‘lgan yutuqlar juda ko‘p.

Qo‘shimcha vaqtda esa futbolchilarga xuddi shu tarzda o‘ynashda davom etishlarini eslatdim, chunki biz raqibdan ustun edik», — dedi de la Fuente Marca nashriga bergan intervyusida.

Ispaniya shu tariqa o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempionligiga erishdi. Terma jamoa ilk bor 2010 yilgi mundialda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Argentina esa amaldagi jahon chempioni sifatida o‘z unvonini himoya qila olmadi va musobaqani kumush medallar bilan yakunladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:41, 20.07.2026.
O'qildi: 1593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик