2026-yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniyaga qarshi 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Argentina terma jamoasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida jamoa sardori Lionel Messi haqida post e’lon qilindi.
39 yoshli futbolchi kumush medalni qabul qilib olganidan keyin muxlislar qarshisida ko‘z yoshlarini tiyib turolmadi.
"Sening ko‘z yoshlaring bizning ko‘z yoshlarimiz, sardor.
Sen bizga hayotimizdagi eng yorqin onlarni berding. Fidoyiliging, sehring va so‘nggi soniyagacha o‘zingni bag‘ishlaganing uchun rahmat.
Biz seni abadiy sevamiz, Leo!", deyiladi Argentina terma jamoasining rasmiy akkauntida.
Lionel Messi 2026-yilgi Jahon chempionati bahslarida jami 5 marta uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U mundial davomida 8ta gol kiritib, 4ta assist qayd etdi.













