Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Squawka: Ispaniya noyob rekord qayd etgan holda jahon chempioniga aylandi

Squawka: Ispaniya noyob rekord qayd etgan holda jahon chempioniga aylandi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi jahon chempionati finalida Argentinani mag‘lub etdi (1:0). «Qizil furiya» turnirni mag‘lubiyatsiz o‘tkazibgina qolmay, balki o‘yinlar davomida biror marta ham hisobda mag‘lub bo‘layotgan holatga tushmadi. Squawka ma’lumotlariga ko‘ra, bungacha faqat Italiya (1938 va 1982 yillarda) va Germaniya (1990) terma jamoalari mundial davomida biror daqiqa ham hisobda ortda qolmasdan chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Luis de la Fuente jamoasi JCH-2026 dagi 8 ta uchrashuvda atigi 1 ta gol o‘tkazib yubordi — u ham chorak finalda Belgiyadan. O‘shanda belgiyaliklar hisobni tenglashtirgan edi, biroq o‘yin so‘ngida ispanlar yana gol urib, g‘alabani ilib ketishdi (2:1).

Ispaniya o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Birinchi chempionlik 2010 yilga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 12:14, 20.07.2026.
O'qildi: 678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик