Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘ldi. Finalda «qizil furiya» Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuv taqdirini Ferran Torresning 106-daqiqada kiritgan goli hal qildi. 19 yoshiga kelib Yamal terma jamoalar miqyosidagi eng muhim ikkita turnir — Yevropa chempionati va jahon chempionatini yutishga ulgurdi. Umuman olganda, yosh yulduzning hisobida allaqachon sakkizta sovrin bor.
«Biz jahon chempionlari bo‘ldik, juda xursandmiz va baxtiyormiz. Men yana ko‘p narsalarni yutishim kerak: ikkinchi Yevropa chempionati, ikkinchi jahon chempionati, «Barsa» bilan Chempionlar ligasi», — deya Laminning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
JCH-2026 da «ko‘k-anorranglilar» vingeri sakkizta o‘yin o‘tkazib, bitta gol muallifi bo‘ldi. Finalda u bahsni boshidan oxirigacha maydonda o‘tkazdi.













