«Monako» va AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.
Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, Dortmundning «Borussiya» klubi forvardni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. «Arilar» amerikalik futbolchini «Barselona»ga o‘tishni deyarli kelishib olgan Karim Adeyemiga o‘rinbosar sifatida ko‘rishmoqda.
Folarin Balogun «Monako»ga 2023 yilda «Arsenal»dan 30 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning monegasklar bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi 43 ta o‘yin o‘tkazib, ularda 19 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali amerikalik futbolchining qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.













