Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro 1-0 Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor 2-1 Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona 1-5 Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Jonni Evans Tilemansning «Manchester Yunayted»ga o‘tishida hal qiluvchi rol o‘ynadi

Jonni Evans Tilemansning «Manchester Yunayted»ga o‘tishida hal qiluvchi rol o‘ynadi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi, hozirda esa «MYU» murabbiylar shtabi a’zosi Jonni Evans shu yozda yarim himoyachi Yuri Tilemansning «Aston Villa»dan «qizil iblislar» lageriga o‘tishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

Manchester United Forever ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» direktorlar kengashi Evansdan belgiyalik futbolchi haqida so‘rab-surishtirgan, chunki bu futbolchilar ilgari «Lester»da birga to‘p surishgan. Evans yarim himoyachiga ijobiy tavsif berib, uning maydondagi va maydon tashqarisidagi professionalligini alohida ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Yuri Tilemansning transferini 14 iyul kuni e’lon qilgan edi. Transfer summasi 41 million yevroni tashkil etdi, belgiyalik futbolchi bilan shartnoma esa 2031 yilning 30 iyunigacha imzolandi.

Kiritildi: 15:51, 20.07.2026.
O'qildi: 758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик