Jahon chempionati finalida Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan Ispaniya himoyadagi ishonchli o‘yini orqali yana bir rekord qayd etdi.
Luis de la Fuyente shogirdlari butun turnir davomida sakkizta o‘yin o‘tkazib, faqat bitta gol o‘tkazib yuborishdi. 1/4 finalda Belgiya futbolchisi Sharl de Ketelare Ispaniya darvozasini ishg‘ol qilgandi.
Ispaniyaning raqiblari jahon chempionati davomida har bir o‘yinda o‘rtacha 0,3 xG ga(kutilgan gol koeffisiyenti) ega bo‘lishdi.
Bu mana shunday statistikani yig‘ish boshlangan 1996-yildan beri jahon chempionatidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.













