Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Barselona» Fodenni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi

«Barselona» Fodenni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Fil Foden faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchini sotib olishdan «Barselona» manfaatdor. Kataloniya klubi yarim himoyachining «Manchester Siti»dagi noaniq kelajagini uni arzonroq summaga qo‘lga kiritish imkoniyati sifatida ko‘rmoqda. Shu bilan birga, o‘yinchiga «Milan» ham da’vogarlik qilmoqda. Ta’kidlanishicha, 2025 yilda «shaharliklar» Fodenni «An-Nasr»ga 130 million yevro evaziga sotishdan bosh tortishgan edi.

Fil Foden «Manchester Siti» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 50 ta o‘yin o‘tkazib, ularda o‘nta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:05, 20.07.2026.
O'qildi: 1187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик