Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

JCH finali vaqtida Argentinada ikki kishi vafot etdi

JCH finali vaqtida Argentinada ikki kishi vafot etdi

Baho:
+ | -

Jahon chempionatining final o‘yini vaqtida Argentinada ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar beradi TyC Sports.

Argentina terma jamoasi JCH-2026 finalida Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (0:1, qo‘shimcha vaqtda).

Shoshilinch tibbiy yordam xizmati (SAME) final vaqtida Buenos-Ayresda yurak to‘xtashi oqibatida ikki kishi vafot etganini tasdiqladi. SAME ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar 67 va 88 yoshli erkaklar bo‘lgan. Shuningdek, yana bir kishi og‘ir ahvolda shifoxonada qolayotgani xabar qilinmoqda.

Xizmatning rasmiy qaydlariga ko‘ra, o‘z uyida bo‘lgan 67 yoshli erkakning ahvoli yomonlashgani sababli tez yordam chaqirilgan. Yurak-o‘pka reanimasiyasi o‘tkazishga urinishga qaramay, uni saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan va keyinchalik o‘lim holati qayd etilgan.

Ikkinchi halok bo‘lgan 88 yoshli erkak ham shunga o‘xshash sog‘liq muammosiga duch kelgan, nafas olishi qiyinlashganda qizi tez yordam chaqirgan. Reanimasiya tadbirlaridan so‘ng u shifoxonaga yetkazilgan va stasionarda besh soatdan sal ko‘proq vaqt o‘tkazgach, vafot etgan.

Buenos-Ayres Sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek, intensiv terapiya bo‘limida og‘ir ahvolda yotgan 72 yoshli erkak haqida ham xabar berdi. Nafas siqishi va ko‘krak qafasidagi to‘satdan paydo bo‘lgan og‘riq sababli unga tibbiy yordam talab qilingan.

Shahar markazidagi Obelisk atrofidagi bayram tadbirlari bir qator jarohatlarga olib keldi. 47 yoshli erkak to‘rt metr atrofidagi balandlikdan yiqilib, chap oyoq panjasining chiqib singishi jarohatini oldi, bu esa uni zudlik bilan tibbiyot muassasasiga yetkazishni talab qildi.

Infobae nashri, shuningdek, ko‘plab mastlik va jarohatlanish holatlari, shuningdek, yiqilishlar va mushtalashuvlar oqibatida yuz yoki burun sohasidan yirtilgan jarohat olgan va shikastlangan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatilgani haqida xabar berdi.

Kiritildi: 18:39, 20.07.2026.
O'qildi: 660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик