Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Shirer JCH-2026 to‘purarlari haqida gapirdi

Shirer JCH-2026 to‘purarlari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shirerning fikricha, JCH-2026 ning 3-o‘rin uchun kechgan bahsi ko‘proq ko‘rgazmali o‘yinni eslatdi.

Angliyaliklar bronza medali uchun kechgan bahsda Fransiya terma jamoasini mag‘lub etishdi (6:4). Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe o‘yinda dubl muallifiga aylandi, angliyalik forvard Xarri Keyn esa uchrashuvni zaxirada o‘tkazdi.

«O‘yinga qarab, bu bellashuv ko‘proq kimningdir xayrlashuv uchrashuviga o‘xshab ketdi, deb o‘yladim. Fransiya chiqib ketdi, Mbappe esa o‘z ikkita golini urdi. Ammo Fransiya baribir musobaqa bilan xayrlashib bo‘lgan edi.

Lionel Messini esa oldinda musobaqa davomida bor-yo‘g‘i bitta to‘p o‘tkazib yuborgan Ispaniya terma jamoasiga qarshi Jahon chempionati finali kutib turgan edi. Bu juda ham murakkabroq vazifa», — deb ta’kidlagan edi Shirer JCH-2026 finalidan oldin.

Final uchrashuvida Argentina Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (0:1). 39 yoshli hujumchi Lionel Messi natijali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, 10 ta gol bilan Kilian Mbappe eng yaxshi to‘purar bo‘ldi, Messi hisobida esa 8 ta gol bor.

Kiritildi: 18:42, 20.07.2026.
O'qildi: 594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик