Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Rudi Garsiya Belgiya terma jamoasini tark etmoqda

Rudi Garsiya Belgiya terma jamoasini tark etmoqda

Baho:
+ | -

Qirollik Belgiya futbol assosiasiyasi (RBFA) 62 yoshli mutaxassis bilan 31 iyulgacha amal qiladigan shartnomani uzaytirmasligini e’lon qildi.

Garsiya jamoani 2025 yilning 1 fevralida Domeniko Tedesko o‘rniga egallab olgan edi. Jahon chempionati — 2026 da Belgiya terma jamoasi uning boshchiligida 1/4 final bosqichigacha yetib borib, unda Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (1:2).

«RBFA bilan muhokamalardan so‘ng, biz oxirgi 18 oy davomida bosib o‘tgan ajoyib yo‘limizni uzaytirmaslikka qaror qildik. Men Belgiyani UEFA Millatlar ligasining A divizionida va dunyoning eng kuchli sakkizta jamoasi qatorida qoldirmoqdaman.

Men ajoyib futbolchilar jamoasiga, sport direktori Vensan Mannartga va Jahon chempionati davomida bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men faxr bilan boshlashga yordam bergan avlodlar almashinuvini davom ettirishda Belgiyaga har tomonlama muvaffaqiyatlar tilayman», — dedi Garsiya.

Kiritildi: 18:43, 20.07.2026.
O'qildi: 696 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик