Londonning «Arsenal» klubi sobiq hujumchisi Jeremi Aliadyer argentinalik forvard Xulian Alvares haqida fikr bildirdi. «Barselona»dan tashqari, «kanonirlar» ham futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun da’vogarlik qilmoqda.
«Agar unda «Arsenal»da o‘ynash istagi bo‘lganida edi, uni hoziroq o‘z jamoamga olib ketgan bo‘lardim. U — noyob futbolchi. Buni biz yana jahon chempionatining Angliyaga qarshi o‘yinida ham ko‘rdik. U doimo jamoa manfaati uchun mehnat qiladi, faol pressing uyushtiradi va Messiga yuklamaning bir qismini olib tashlashda yordam beradi. Men «Arsenal»da aynan shunday futbolchini ko‘rishni xohlardim», — deya Aliadyerning so‘zlarini keltiradi Goal portali.
«Atletiko» o‘z hujumchisini taxminan 150 million yevroga baholamoqda. Agar transfer shu summa evaziga amalga oshsa, u Britaniya futboli tarixidagi eng yirik rekordga aylanadi.













