«Chelsi» klubining afsonaviy sobiq himoyachisi Jon Terri hujumkor yarim himoyachi Morgan Rojersning transferi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Ko‘klar» «Aston Villa»ning 23 yoshli futbolchisini taxminan 138 million yevroga sotib olish arafasida turibdi.
«Rojers Chempionlar ligasida g‘olib chiqish salohiyati va bu turnirda g‘alaba qozonish tarixiga ega bo‘lgan klubga qo‘shilmoqda. U aynan shuning uchun ham Londonning qizil qismini [«Arsenal»ni] emas, bizni tanladi. Uning bunday tanlov qilganidan xursandman. Uni jamoaga yangilik olib kirishga qodir yaxshi futbolchi deb bilaman», — degan Terrining so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.
«Kanonirlar» uzoq vaqt davomida «Villa» yulduzi uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilgan edi, biroq yakunda ular «Chelsi»ga qarshi kurashda imkoniyatni boy berishdi.













