«Kristal Pelas» markaziy himoyachi Maksans Lakrua uchun kamida 60 million funt olishni niyat qilgan.
«Chelsi» Fransiya terma jamoasining 26 yoshli futbolchisi transferi bo‘yicha muzokaralar jarayonida bo‘lib turibdi.
Ta’kidlanishicha, londonliklar futbolchiga bo‘lgan qiziqishini faollashtirgan. Bitim klublar egalari darajasida olib borilayotgani xabar qilinmoqda. Yaqinda bo‘lib o‘tgan muzokaralar ijobiy deb baholandi.
O‘tgan mavsumda Lakrua APLda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta uzatmaga mualliflik qildi.
2024 yilda «Kristal Pelas» Lakruani «Volfsburg»dan 18 million yevroga sotib olgan edi.













