Fransiyaning «Lion» klubi va Argentina terma jamoasi qanot himoyachisi Nikolas Talyafiko jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati finalidagi mag‘lubiyatiga izoh berdi.
Lionel Skaloni jamoasi Ispaniya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Trofey taqdirini qo‘shimcha vaqtda «albiseleste» darvozasiga to‘p kiritgan ispan forvardi Ferran Torresning goli hal qildi.
«Bu juda og‘riqli, buni inkor etmayman. Ammo yana bir bor finalga chiqqanimiz va maydonda bor kuchimizni qoldirganimizni hech narsa o‘chira olmaydi. Men ushbu jamoaning bir qismi ekanimdan faxrlanaman. Jahon chempionatining har bir qadamida bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha argentinaliklarga rahmat. Siz birinchi kundan oxirgi kungacha qo‘llovingizni his qildirib turdingiz», — deb yozdi himoyachi ijtimoiy tarmoqlarda.
Argentina Shimoliy Amerikaga amaldagi jahon chempioni maqomida tashrif buyurgan edi. Guruh bosqichida milliy terma jamoa Avstriya, Aljir va Iordaniyani ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. Mundialning pley-off bosqichida Janubiy Amerika terma jamoasi Kabo-Verde (3:2), Misr (3:2), Shveysariya (3:1) va Angliyani (2:1) mag‘lub etgan edi.













