Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Slot va Niderlandiya shartnoma muddati bo‘yicha kelisha olishmayapti

Slot va Niderlandiya shartnoma muddati bo‘yicha kelisha olishmayapti

Baho:
+ | -

Arne Slot va Niderlandiya terma jamoasi shartnoma shartlari bo‘yicha bir to‘xtamga kela olishmayapti. Oldinroq «Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi milliy jamoada Ronald Kumanning o‘rnini egallashga asosiy nomzodlardan biri ekani xabar qilingan edi.

De Telegraaf jurnalisti Valentin Drissenning ma’lumotlariga ko‘ra, Slot va Niderlandiya Qirollik futbol uyushmasi (KNVB) o‘rtasida shartnoma muddati bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.

Murabbiy jamoani Yevro-2028 yakuniga qadar boshqarishga tayyor, ammo KNVB unga Niderlandiya terma jamoasini 2030 yilgi jahon chempionati oxirigacha boshqarishni taklif qilmoqda.

Drissenning so‘zlariga ko‘ra, agar Slot bilan shartnomani kelishishning imkoni bo‘lmasa, yoshlar terma jamoasini boshqarayotgan Mikael Raysiger Niderlandiya terma jamoasining bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 18:12, 21.07.2026.
O'qildi: 952 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик