Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Rasman: Morgan Rojers — «Chelsi» futbolchisi!

Rasman: Morgan Rojers — «Chelsi» futbolchisi!

Baho:
+3 | -

«Chelsi» «Aston Villa» hujumchisi Morgan Rojersning transferi rasman e’lon qilindi. Tegishli xabar klub rasmiy saytida e’lon qilindi.

23 yoshli futbolchi yangi klub bilan 2033 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

«Men juda xursandman. Mening uchun «Chelsi» — Londonning eng yirik jamoasi va men bolaligimdan hayratda bo‘lgan klub. Meni yangi murabbiyning loyihasi, bu yerda to‘plangan tarkib va klub harakatlanayotgan yo‘nalish ilhomlantiradi. Aynan shuning uchun men bu yerdaman va ishni boshlashni orziqib kutyapman», — dedi Rojers.

«Aston Villa» safida to‘p surgan vaqtida forvard 125 ta uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol va 29 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. O‘tgan mavsumda u Yevropa Ligasi g‘olibiga aylangan.

Rodjersning hisobida Angliya terma jamoasi safida 22 ta o‘yin va 1 ta gol bor. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, transfer summasi 137,3 million yevroni tashkil qilgan.

Kiritildi: 09:49, 22.07.2026.
O'qildi: 648 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик