Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

Belgiya terma jamoasini kim boshqarishi ma’lum

Belgiya terma jamoasini kim boshqarishi ma’lum

Baho:
+ | -

Mark van Bommel Belgiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanishi kutilmoqda.

Nieuwsblad nashrining xabar berishicha, Belgiya Qirollik futbol assosiasiyasi 49 yoshli mutaxassis bilan kelishuvga erishgan. Mashhur sobiq yarim himoyachi 2028 yilning iyul oyi oxirigacha mo‘ljallangan shartnomani imzolashga rozilik berdi.

«Qizil iblislar» ustozi sifatida Mark van Bommel jahon chempionatining chorak finalida Ispaniyadan uchratilgan mag‘lubiyatdan so‘ng lavozimini tark etgan Rudi Garsiyaning o‘rnini egallaydi. Fransiyalik mutaxassis ushbu lavozimni 2025 yil boshidan beri egallab kelayotgan edi.

Van Bommel 2022 yildan 2024 yilgacha «Antverpen»ni boshqargan bo‘lib, shundan beri biror klub yoki terma jamoada murabbiylik qilmayotgan edi.

Kiritildi: 09:52, 22.07.2026.
O'qildi: 641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик