Yozgi transfer oynasida Birmingemning «Aston Villa» klubidan «Manchester Yunayted»ga o‘tgan belgiyalik yarim himoyachi Yuri Tilemans «qizil iblislar»ning bosh murabbiyi Maykl Kerrik haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Kerrik – zo‘r mutaxassis. U bilan munosabatlarimiz yaxshi. U o‘zi ham maydon markazida to‘p tepgan va jamoasi uchun aynan muayyan turdagi yarim himoyachilarni izlaydi», - deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Tilemans mankunianliklar bilan 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolagan.
O‘tgan mavsumda Yuri 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 7 ta assist yozdirib qo‘ygan.













