«Atletiko Nasyonal» yarim himoyachisi Samuel Martines faoliyatini Angliyada davom ettiradi. 17 yoshli yarim himoyachi «Liverpul» futbolchisiga aylandi, bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Martines tez orada «qizillar» akademiyasiga qo‘shiladi. Samuel o‘z vatanidagi eng istiqbolli o‘yinchilardan biri hisoblanadi. U Kolumbiya U17 terma jamoasi bilan birgalikda Janubiy Amerika chempionati g‘olibiga aylangan.
Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida «Liverpul» 60 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallagandi. Jamoa keyingi UEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.













