Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Grinvud «Fenerbaxche» safida yevrokuboklardagi debyut o‘yinini o‘tkazdi

Grinvud «Fenerbaxche» safida yevrokuboklardagi debyut o‘yinini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

«Fenerbaxche» hujumchisi Meyson Grinvud ilk bor Istanbul klubi libosida maydonga tushdi. Bu seshanba oqshomida «Fener»ning o‘z maydonida Polshaning «Gurnik» klubiga qarshi o‘tkazilgan o‘yinida yuz berdi.

Grinvudning o‘zi golli harakatlar bilan ajralib turmadi, uning jamoasi esa o‘z ishqibozlari qarshisida Anderson Taliska tomonidan urilgan yagona gol evaziga 1:0 hisobida kichik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Chempionlar Ligasining ikkinchi saralash bosqichi javob o‘yini bir haftadan so‘ng bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Grinvud shu yozda «Marsel»dan «Fenerbaxche»ga ko‘chib o‘tgan edi. Istanbulliklar hujumchi uchun Fransiya klubiga taxminan 39 million yevro to‘ladi. Bungacha forvard o‘z faoliyati davomida «Manchester Yunayted» va «Xetafe» sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 13:22, 22.07.2026.
O'qildi: 570 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик