«Real» himoyachisi Ferlan Mendi klubsiz qoladi. «Qaymoqranglilar» unga chiqish eshigini ko‘rsatishdi.
Cadena SER nashrining xabar berishicha, «Real» Eden Azar va Dani Sebalyos bilan shartnomalar ilgari bekor qilingani kabi, Mendi bilan ham bitimni muddatidan oldin bekor qilmoqchi.
Klub allaqachon Ferlanga moliyaviy kompensasiya taklif etgan. Mendining doimiy jarohatlari vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda, chunki shu sababli hozirda hech bir klub uni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmayapti.













