«Neftchi» klubi hujumchisi Alisher Odilov uchun «So‘g‘diyona»ga qarshi kechgan uchrashuv O‘zbekiston Superligasidagi yubiley — 100-o‘yin bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Hujumchi faoliyati davomida ushbu 100 ta uchrashuvni «Olimpik», «Navbahor» va «Neftchi» jamoalari safida o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan.
Odilov ishtirok etgan o‘yinlar statistikasi quyidagicha ko‘rinish olgan:
-
100 ta o‘yin: 48 ta g‘alaba, 26 ta durang va 26 ta mag‘lubiyat.
Ushbu bahslarda futbolchi raqiblar darvozasini 29 marotaba ishg‘ol qilgan.
E’tiborlisi, Alisher Odilov gol urgan bahslarda uning jamoalari deyarli mag‘lub bo‘lmagan. U gol urgan 29 ta o‘yinning 25 tasida g‘alaba qozonilgan, 2 tasida durang qayd etilgan va faqat 2 ta uchrashuvdagina mag‘lubiyatga uchralgan.













