Neymar «Santos»ning navbatdagi uchrashuvini o‘tkazib yuborib, poker turnirida qatnashdi.
22 iyulga o‘tar kechasi «Santos» Sudamerikana kubogi doirasida Venesuelaning USV klubini mehmonda yirik hisobda mag‘lub etdi (4:1). Jahon chempionatidan so‘ng berilgan ta’tilni yakunlab, Braziliya klubi ixtiyoriga qaytgan Neymar alohida dastur bo‘yicha shug‘ullanayotgani sababli, murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra bu safarga olib ketilmagan edi.
Goal nashrining ESPN Brazil’ga tayanib xabar berishicha, «Santos» maydonga tushgan kuni Neymar San-Pauluda o‘tkazilayotgan Braziliya poker seriyasi (BSOP) turnirida qatnashgan.
Ta’kidlanishicha, braziliyalik hujumchi o‘tgan yili xuddi shu turnirda 53 500 real (9 239 yevro) mukofot puli ishlab olgan edi.













