Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Neymar «Santos» o‘yinini o‘tkazib yuborib, poker turnirida ishtirok etdi

Neymar «Santos» o‘yinini o‘tkazib yuborib, poker turnirida ishtirok etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Neymar «Santos» o‘yinini o‘tkazib yubordi va poker turnirida ishtirok etdi.

22 iyulga o‘tar kechasi «Santos» Sudamerika kubogi doirasidagi safar o‘yinida Venesuelaning «USV» klubini mag‘lub etdi (4:1). Jahon chempionatidan keyingi ta’tildan Braziliya klubi ixtiyoriga qaytgan Neymar murabbiylar shtabining qaroriga ko‘ra jamoa bilan o‘yinga bormadi, chunki u yakka tartibdagi dastur bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Goal nashrining ESPN Brazil’ga tayanib xabar berishicha, «Santos» o‘yini bo‘lib o‘tgan kuni Neymar San-Pauluda Braziliya poker seriyasi (BSOP) turnirida qatnashgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili braziliyalik hujumchi ushbu turnirda 53 500 real (9 239 yevro) ishlab olgan edi.

Kiritildi: 17:33, 22.07.2026.
O'qildi: 727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик