Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

FA «Sautgempton» bosh murabbiyi Ekertni josuslik qilishda aybladi

FA «Sautgempton» bosh murabbiyi Ekertni josuslik qilishda aybladi

Baho:
+ | -

Angliya futbol assosiasiyasi (FA) «Sautgempton» bosh murabbiyi Tonda Ekertga raqiblar mashg‘ulotlarini yashirincha kuzatgani bo‘yicha ayblov e’lon qildi.

Oldinroq «Sautgempton» tahlilchisi Chempionship pley-off bosqichidagi ilk uchrashuv oldidan «Midlsbro» mashg‘ulotini videoga olayotgan va taktikani suratga tushirayotgan vaqtida ushlangan edi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Sautgempton» «Midlsbro»ni mag‘lub etdi (0:0, 2:1) va APLga chiqish uchun «Xall Siti»ga qarshi o‘ynashi kerak bo‘lgan finalga yo‘l oldi. Biroq ushbu hodisadan so‘ng klub musobaqadan chetlatildi va keyingi mavsum Chempionshipda 4 ochkodan mahrum qilindi.

«Sautgempton» bosh murabbiyi Tonda Ekert 2025 yilning dekabridan 2026 yilning may oyiga qadar nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etgani uchun Angliya futbol assosiasiyasining E3.1 qoidasini uch marta buzishda ayblanmoqda.

Bosh murabbiy «Oksford Yunayted», «Ipsvich» va «Midlsbro» klublarining «Sautgempton»ga qarshi mos ravishda 2025 yil dekabr, 2026 yil aprel va 2026 yil may oylaridagi o‘yinlari oldidan ularning mashg‘ulotlarini kuzatgani va/yoki kuzatishga ruxsat bergani orqali nojo‘ya harakat qilgani va futbol sha’niga putur yetkazgani ta’kidlanmoqda.

Tonda Ekertda ushbu ayblovlarga javob berish uchun seshanba, 28 iyulgacha vaqt bor», — deyiladi FA bayonotida.

Kiritildi: 17:35, 22.07.2026.
O'qildi: 460 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик