«Arsenal» va Fransiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba belida jarrohlik amaliyotini o‘tkazmaydi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, «Arsenal» rahbariyati bilan o‘tkazilgan bir qator maslahatlashuvlardan so‘ng futbolchi operasiyadan voz kechishga qaror qilgan.
Salibani belidagi muammolar uzoq vaqtdan beri bezovta qilib kelmoqda. Xabar qilinishicha, himoyachi JCH-2026 turnirida ham jarohat bilan o‘ynagan. U yarim finaldagi Ispaniyaga qarshi bahsni (0:2) oxirigacha yetkaza olmagan edi.
A’zoyi badani va organizmiga tiklanib olishi uchun imkoniyat berish maqsadida futbolchi bir necha oyni o‘tkazib yuboradi.













