Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Fransiyada mablag‘ yetishmovchiligi sababli «Bordo» musobaqalardan chetlatilgani tasdiqlandi

Fransiyada mablag‘ yetishmovchiligi sababli «Bordo» musobaqalardan chetlatilgani tasdiqlandi

Baho:
+ | -

Fransiya milliy futbol boshqarmasining Apellyasiya komissiyasi mablag‘ yetishmovchiligi sababli «Bordo» klubining mamlakatdagi rasmiy futbol turnirlaridagi ishtiroki to‘xtatilganini tasdiqladi. Bu haqda klub matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.

«Bordo» ishni mamlakatning eng oliy sport organi bo‘lmish Fransiya Milliy olimpiya va sport qo‘mitasiga topshirganini ma’lum qildi.

«Klub o‘z kelajagini ta’minlay oladigan yechimlarni o‘rganish va joriy etish uchun bor imkoniyatlarini safarbar etdi. So‘nggi kunlarda klub loyihasi bo‘yicha ishlarni davom ettirish maqsadida turli manfaatdor tomonlar ishtirokida, xususan, tijorat sudida boshlangan muhokamalar doirasida ko‘plab amaliy qadamlar qo‘yildi», — deyiladi «Bordo» bayonotida.

«Bordo» klubi 1881 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 6 marta Fransiya chempioni va 4 marta mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan. Moliyaviy muammolar sababli 2024 yildan beri «Bordo» to‘rtinchi divizionda ishtirok etib kelayotgan edi.

Kiritildi: 19:26, 22.07.2026.
O'qildi: 512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик