Fransiyaning «PSJ» klubi 25 yoshli belgiyalik Sharl de Ketelare bilan shartnoma imzolash imkoniyatini baholamoqda. Bu haqda futbol insayderi Sasha Tavolyeri xabar bermoqda.
Jurnalistning ma’lumotiga ko‘ra, de Ketelare parijliklarning eng ustuvor transfer maqsadlari qatoriga kirmaydi, balki muqobil variantlardan biri sifatida qaralmoqda. Jahon chempionatida de Ketelare 3 ta gol urishga erishdi — AQSHga qarshi o‘yinda (4:1) dubl qayd etdi hamda mundialda Ispaniya darvozasini ishg‘ol qila olgan yagona futbolchiga aylandi (1:2).
Yarim himoyachi 2023 yildan beri «Atalanta» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda belgiyalik futbolchi klub safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













