Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi JCH-2026 finalida Ispaniyaga qarshi o‘yindan so‘ng (0:1) Argentina terma jamoasi futbolchilarining o‘zini tutishiga munosabat bildirdi.
«Bu sizni hayratda qoldirdimi? Meni esa yo‘q. Biz Argentina tomonidan ilgari ham bu kabi holatni ko‘rganmiz. Bu shunchaki siz ko‘rishni xohlagan munosabat emas. Musobaqaning avvalgi bosqichida ular Angliyani chiqarib yuborishganida ham shunga o‘xshash xulq-atvorni kuzatgan edik.
Bu achinarli. Agar futbol o‘yinida mag‘lub bo‘lsangiz, mag‘lubiyatni munosib tarzda qabul qilib, maydonni tark etishingiz kerak. Ular tomonidan bu juda xunuk ko‘rinadi», — deydi Runining so‘zlarini BBC.
Jahon chempionati finalida Argentina Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Hakamning yakuniy xushtagidan so‘ng maydonda Paredes ishtirokida janjal kelib chiqdi. Argentinalik futbolchi avvaliga ispaniyaliklar himoyachisi Erik Garsiyaning bo‘ynidan ushladi, so‘ng sherigini himoya qilishga uringan yarim himoyachi Gavini itarib yubordi.













