«Chelsi» yozgi transfer oynasida yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashni niyat qilgan.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lumotlariga ko‘ra, londonliklarning «Bornmut» xavbeki Aleks Skott transferi bo‘yicha bergan 64 million funt sterlinglik taklifi rad etilgach, «ko‘klar» bozordagi boshqa variantlarni o‘rgana boshlashdi. Shu bilan birga, yana bir yarim himoyachining sotib olinishi Enso Fernandes sotib yuborilishini kafolatlamaydi. «Chelsi» argentinalik futbolchi bilan yangi shartnoma tuzish uchun hamon ochiq.
Eslatib o‘tamiz, 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra «Chelsi» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida o‘nginchi o‘rinni egallagan edi. Yangi mavsumda «ko‘klar» yevrokuboklarda ishtirok etishmaydi.













