Kirish Ro'yxatdan o'tish

Istanbulda 8 nafar polshalik futbol muxlisi qo‘lga olindi

Istanbulda 8 nafar polshalik futbol muxlisi qo‘lga olindi

Baho:
+ | -

Istanbulda Chempionlar Ligasining saralash bosqichi doirasida o‘tgan “Fenerbahche” hamda Polshaning “Gurnik” (Zabje) jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda tartibsizlik yuz berdi. Mahalliy polisiya bilan to‘qnashuvdan so‘ng sakkiz nafar polshalik futbol muxlisi hibsga olindi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Gurnik”ning ko‘p sonli muxlislari uchrashuvni stadiondan tomosha qilish uchun Istanbulga havo va quruqlik transportlari orqali yetib borgan. O‘yinning dastlabki daqiqalaridayoq polshalik ishqibozlar joylashgan sektorda polisiya xodimlari bilan kelishmovchilik va to‘qnashuvlar yuzaga kelgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari sakkiz kishini hibsga olish orqali vaziyatni barqarorlashtirishga va qolgan tartibsizliklarning oldini olishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining ikkinchi saralash bosqichi dastlabki uchrashuvida “Fenerbahche” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 29 iyul kuni Polshaning Zabje shahrida bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:11, 22.07.2026.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик