«Chelsi»ning argentinalik vingeri Alexandro Garnacho APLning boshqa bir klubi — Birmingemning «Aston Villa» jamoasi qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Insayder Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqlar orqali ehtimoliy bitimning moliyaviy tafsilotlari haqida so‘zlab berdi.
«Sherlar» Garnachoni sotib olish huquqi bilan ijaraga olishadi. Toliq transfer amalga oshgan taqdirda, «Aston Villa» argentinalik futbolchi uchun taxminan 50 million yevro to‘laydi.
Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida Alexandro «aristokratlar» safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi. 22 yoshli argentinalik o‘z hisobiga 1 ta gol va 4 ta golli uzatma yozib qo‘ygan. Shuningdek, u 2 marotaba sariq kartochka bilan jazolangan.













