Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted»dagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted»dagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning maydon markazidagi yetakchisi Brunu Fernandesh jamoadagi kelajagi borasida bir qarorga keldi. Daily Express bergan ma’lumotga ko‘ra, portugaliyalik yarim himoyachi «qizil iblislar» safida o‘yinlarini davom ettirishga qaror qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, 31 yoshli futbolchi tez orada o‘z qarorini tasdiqlaydi. Brunu va mankunianliklar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati keyingi yilning yozida tugaydi.

Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida Fernandesh 35 ta o‘yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi o‘z hisobiga 9 ta gol va 21 ta golli uzatma yozib qo‘ydi.

«MYU» chempionatni uchinchi o‘rinda yakunladi va UYEFA Chempionlar Ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 12:05, 23.07.2026.
O'qildi: 985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик