Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

«Barselona» Joau Kanselu transferini iloji boricha tezroq hal qilmoqchi

«Barselona» Joau Kanselu transferini iloji boricha tezroq hal qilmoqchi

Baho:
+ | -

«Al-Hilol»ning chap qanot himoyachisi Joau Kanselu tez orada «Barselona»ga qaytishi mumkin.

32 yoshli futbolchi faqat «ko‘k-anorranglilar» sharafini himoya qilishni istamoqda va klublar o‘zaro kelishib olishiga umid qilmoqda. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, vaziyat tez orada oydinlashadi — Kataloniya klubi bitimni iloji boricha tezroq yakunlashga harakat qilmoqda.

Joau Kanselu o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida, shuningdek, 2023/24 yilgi mavsumda «Barselona» safida to‘p surgan edi. Har ikkala holatda ham portugaliyalik futbolchi La Liga grandi bilan faqat ijara shartnomasi orqali bog‘langan edi.

Mashhur Transfermarkt portalida futbolchining narxi 8 million yevroga baholanmoqda, uning «Al-Hilol» bilan amaldagi shartnomasi esa keyingi yilning o‘rtalarida tugaydi.

Kiritildi: 12:13, 23.07.2026.
O'qildi: 362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик