Madridning «Real» klubi rahbari Florentino Peres joriy yozgi transfer oynasida jamoaning transfer faoliyatiga unchalik aralashmayapti.
Masalan, «qaymoqranglilar» prezidenti hali may oyidayoq Bernardu Silva nomzodini rad etgan edi, biroq yakunda u baribir jamoa safiga kelib qo‘shildi. Mark Kukurelya bilan tuzilgan bitim haqida esa Peres hamma narsa imzolab bo‘linganidan keyingina xabar topgan. ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, Florentino Rodrining transferiga ham qarshi chiqqan, ammo bosh direktor Xose Anxel Sanches va bosh skaut Xuni Kalafat bitimni o‘z zimmalariga olishga qaror qilishgan.
Taxmin qilinishicha, «Real» 30 yoshli futbolchi uchun taxminan 60 million yevro taklif qiladi, so‘nggi mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, «shaharliklar» esa 100 million yevro talab qilishmoqda.













