Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Levandovski JCHdagi Yamal haqida: «Biz uning eng yaxshi sport formasidagi o‘yinini ko‘rmadik»

Levandovski JCHdagi Yamal haqida: «Biz uning eng yaxshi sport formasidagi o‘yinini ko‘rmadik»

Baho:
+ | -

«Chikago Fayr» hujumchisi Robert Levandovski Lamin Yamal jarohat oqibatlari sababli jahon chempionatida o‘z maksimal imkoniyatlarini ko‘rsata olmaganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Ispaniya terma jamoasining chempionligiga muhim hissa qo‘shganini e’tirof etdi.

«Biz ushbu turnirda uning eng yaxshi sport formasidagi o‘yinini ko‘rmadik. Mening fikrimcha, eng kuchli Yamal o‘tgan mavsumda emas, balki ikki yil avval edi. Aynan o‘shanda u o‘z maksimal darajasini namoyish etgandi», — dedi Levandovski ESPNga bergan intervyusida.

Polshalik forvard turnir oldidan «Barselona» vingeri son orqa mushaklari jarohati sabab 2 oyni o‘tkazib yuborganini eslatib o‘tdi.

«U taxminan 8 hafta o‘ynamadi va shundan so‘ng darhol jahon chempionatiga keldi. Bunday uzoq tanafsusdan so‘ng tezda optimal formaga kirib olish juda qiyin. Musobaqa davomida esa mashg‘ulotlar uchun deyarli vaqt bo‘lmaydi — o‘yinlar birin-ketin davom etadi. Ammo shunday sharoitda ham u yuqori klassni ko‘rsata oldi».

«Men Ispaniyaga muxlislik qildim, chunki «Barselona»dagi faoliyatim orqali ko‘plab futbolchilarini juda yaxshi bilaman. Argentinaliklardan esa shaxsan faqat Leo Messini yaxshi bilaman, u esa jahon chempioni bo‘lib ulgurgan. Ispaniyaliklar uchun juda xursand bo‘ldim, chunki ularning jahon chempioni bo‘lishga tayyor ekanini ko‘rgandim», — dedi Levandovski.

Jahon chempionatida 19 yoshli Yamal 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va raqiblarni aldab o‘tish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi — 35 ta muvaffaqiyatli dribling. Ispaniya chempionlik yo‘lida 1/8 finalda Portugaliyani, yarim finalda Fransiyani va finalda Argentinani (1:0) mag‘lubiyatga uchratdi.

Kiritildi: 12:37, 23.07.2026.
O'qildi: 319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик